Dunyoda

Kim Chen In yana gʻoyib boʻldimi?

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishPredsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen Ыn
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen Ыn - Sputnik Oʻzbekiston
May oyi boshida Shimoliy Koreya OAVlari davlat rahbarining oʻgʻitlar zavodining ochilish marosimidan fotosuratini eʼlon qildi. Oʻshandan beri undan biron bir bayonot kelmadi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In yana yoʻqolib qoldi. Bu haqda The New York Post gazetasi va Bloomberg agentligi yozmoqda.

Kim YO Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen Ыn na tseremonii vozlojeniya venkov v mavzoleye Xo Shi Mina v Xanoye, Vyetnam - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kim Chen In singlisi KXDR rahbari boʻlishga tayyorlanmoqda

OAVlar hisob-kitobiga koʻra, Shimoliy Koreya yetakchisi 12 kundan beri omma oldida koʻrinmayapti va hech qanday bayonotlar bermadi.

The New York Post gazetasi taʼkidlaganidek, davlat rahbarining yoʻqligi AQSH razvedka xizmatlarini "bu safar u tirik va oʻzini yaxshi his qilmoqda" degan fikrga olib keladi.

“Ehtimol, u haqiqatda fabrikada lentani kesishi mumkin, biroq biz bu suratlar haqiqiyligini tekshira olmaymiz”, - dedi AQSH milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Robert O’ Brayen.

Kim Chen In uch hafta davomida omma oldida koʻrinish bermadi, xususan bir nechta muhim tadbirlarni - Shimoliy Koreyaning birinchi yetakchisi, uning bobosi Kim Ir Sen tavalludining keyingi yilligini oʻtkazib yubordi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Janubiy Koreya OAV KXDR yetakchisining yurak jarrohligi borligi va uning ahvoli ogʻir ekani haqida xabar bergandi. Shundan soʻng baʼzi OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda uning sogʻligʻiga tahdid va hatto uning oʻlimi haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

2 may kuni KXDR davlat matbuotida Sunchxonda oʻgʻitlar zavodining ochilish marosimidagi rahbarning fotosuratlari chop etgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala