Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasida qator lavozimlarni tugatdi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi va Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida ayrim lavozimlar tugatildi

TOShKENT, 14-may - Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po sifrovizatsii ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev karantin talablari yumshatilishda davom etishini aytdi

Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

Quyidagi lavozimlar kiritildi:

* Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

* Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i;

* Bosh vazir maslahatchisi – Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i.

Shavkat Mirziyoyev posetil Texnologicheskiy park programmnix produktov i informatsionnix texnologiy v Mirzo-Ulugbekskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning barcha hududlarida IT parklar quriladi

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:

* Bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi;
* Bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;
* Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
* Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.

Qaror bilan Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.

Bosh vazir, jumladan, IT-texnologiyalar, "elektron hukumat"ni joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni ta’minlash faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0