Dunyoda

OAV: Xabib Nurmagomedovning otasi komada

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAbdulmanal Nurmagomedov - otets boytsa Xabiba Nurmagomedova
Abdulmanal Nurmagomedov - otets boytsa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik Oʻzbekiston
Axborot agentliklari yozishicha, erkakning sogʻligʻi pnevmoniya fonida ogʻirlasha boshlagan: tromb hosil boʻlgan, gipertonik kriz esa insultga olib kelgan.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov insultni boshdan kechirdi va ayni damda koma holatida qolmoqda, deb xabar berdi "Match TV".

Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v rabote foruma Rossiya - sportivnaya derjava - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Vladimir Putin Xabib Nurmagomedov bilan uchrashdi

"Men Xabib bilan shu kunlarda muloqot qildim, uning aytishicha, Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli ogʻir. U Dogʻistonda boʻlganida men Xabibning otasi bilan suhbatda boʻlganman. U hammasi normal ekanligini aytgan edi. Lekin keyin negadir ahvoli ogʻirlashdi, uni Moskvaga olib borishga toʻgʻri keldi. Hozirda ahvoli ogʻir", — deb aytgan aralash jang jangchisi Islam Maxachev Instagram toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida.

OAVlarning yozishicha, erkakning sogʻligʻi pnevmoniya fonida ogʻirlasha boshlagan: tromb hosil boʻlgan, gipertonik kriz esa insultga olib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 57 yoshda. U Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy va nafaqat oʻgʻli, balki bir qator mashhur rossiyalik UFC jangchilari bilan ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala