O‘zbekistonda koronavirus: 14-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishV Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa
V Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 2136 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi 81 foizga yetdi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2636  nafarni tashkil qilmoqda.

Lyudi v zashitnix kostumax provodat seremoniyu pogrebeniya cheloveka umershego ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda koronavirus qurbonlari soni 29 nafarga yetdi

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 2136 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi 81 foizga yetdi.

Bugunning o‘zida Toshkent shahar (33) va Samarqand (26) viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Davolanayotgan 489 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda.

Farg‘ona viloyati - koronavirusdan xoli hudud

Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi. 

Farg‘onada tuzalgan so‘nggi bemor (40 yoshli erkak) Oltiariq tumanidan bo‘lib, koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgandi.

Viloyatdagi fidoyi shifokorlar sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi.

Xitoy yordami

Xitoydan O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurash uchun insonparvarlik yordamini yetib keldi.

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qilishicha, respublikaga tibbiy kiyimlar, jarrohlik niqoblari, ko‘zoynaklar va kontaktsiz elektron termometrlar olib kelindi. Yukning umumiy og‘irligi 12 tonnadan oshadi.

© Posolstvo Kitaya v UzbekistaneV Uzbekistan dostavlena chast gumanitarnogo gruza iz Kitaya dlya borbi s koronavirusom
O‘zbekistonda koronavirus: 14-may asosiy xabarlari - Sputnik O‘zbekiston
V Uzbekistan dostavlena chast gumanitarnogo gruza iz Kitaya dlya borbi s koronavirusom

Mahalliy avia va poyezd qatnovlari

O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va tezurar poyezdlar harakati tiklanadi. Xususan, Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Dunyo va COVID-19

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4,35 milliondan oshdi, 297 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0