Jamiyat

Ozoda Nursaidova Sardobadagi toshqindan jabrlanganlarga 5 ta uy sovgʻa qildi

© Ministerstvo kulturы UzbekistanaDni kulturы Uzbekistana v Tadjikistane
Dni kulturы Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston
Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi oqibatida jabrlanganlarga Toshkent viloyatidan 5 ta uy sovgʻa qildi

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi oqibatida uyidan ayrilib qolgan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta xonadon tuhfa qildi.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, Sardobadagi falokatdan soʻng butun xalq jipslashib, jabrlangan aholiga qoʻlidan kelgan yordamini bergan va haligacha berib kelmoqda.

“Biz ham mana shu xayriya aktsiyalaridan taʼsirlanib, tadbirkor, saxovatpesha ukam Akbar Anvarov bilan birga oʻzimiz aktsiya tashkil qildik. Sardoba falokatidan aziyat chekkan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan uy sovgʻa qilyapmiz. Yaʼni 3 ta uch xonali, ikkita ikki xonali uy”, - dedi u Instagram sahifasiga joylagan videomurojaatida.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot O Z O D A (@ozodaofficial)

Nursaidovaning maʼlum qilishicha, ushbu uylar vaqtinchalik emas, balki bir umrlik.

“Uylarni hadya qilyapmiz-u, lekin biroz kamchiligi bor. Oilalarning uylarga kelib yashashi uchun texnika, jihozlar kerak boʻladi. Masalan, muzlatkich, gilam, televizor va hokazolar. Agar ularga yordam berish istagida boʻlgan koʻngillilar boʻlsa, biz xursand boʻlamiz”, — deya savob ishga chorlagan xonanda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq suv toshqinidan jiddiy zarar koʻrgan Sardoba aholisi uchun koʻp qavatli uy-joylar qurilishi va xonadonlar begʻaraz ajratilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala