Iqtisod

Oʻzbekistonda Xitoyning Oshan avtomobillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

© AutoReviewAvto kitayskogo brenda Oshan
Avto kitayskogo brenda Oshan - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlab ichki bozor uchun zamonaviy yoʻl tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillarni yigʻish yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Xitoyning Oshan brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni Navoiyda ham yigʻish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

OʻzA xabariga koʻra, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida yaqin kunlarda “Navoiy – motors” Oʻzbekiston-Eron qoʻshma korxonasi barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 12 million dollarga teng.

Uzavtoprom v period karantina - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yoʻl tutmoqda

“Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yoʻl tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yigʻishni yoʻlga qoʻyamiz”, – deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri. 

Taʼkidlanishicha, yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 200 nafardan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Hozirda mazkur korxonaning qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq joriy yilda Oʻzbekistonda Volkswagen Caddy avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala