“Abu Saxiy” bozori ochilgani haqidagi xabar rad etildi

© REUTERS / StringerRinok Abu-Saxiy v Tashkente
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq poytaxtdagi "Abu Saxiy" bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov poytaxtdagi “Abu Saxiy” faoliyatiga ruxsat berilganini rad etdi.

Toshkentda nooziq-ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatiladi

Avvalroq poytaxtdagi "Abu Saxiy" bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni vaqtda respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oziq-ovqat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat turlari hududning toifalanishidan qat’iy nazar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Abu Saxiy” buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilgan.

Yangiliklar lentasi
0