Video

Samaradagi observatsiya lageridan birinchi video

Samara viloyati hukumati chegara yaqinida toʻplanib qolgan 600dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari uchun "observatsiya lageri"dan birinchi videolavha.

Rossiyaning Qozogʻiston bilan chegarasi yaqinida toʻplanib qolgan 600dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari uchun "observatsiya lageri" tashkillashtirildi, deya xabar berdi Samara viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Ochered avtomobiley na granitse s Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarada toʻplanib qolgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun observatsiya lageri tashkil qilindi

Maʼlum boʻlishicha 600ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda, 11 maydan boshlab chegaralar ochilishi haqidagi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonib Samara viloyati, Bolshechnerigovskiy tumanidagi Qozogʻiston bilan chegara hududiga etib borgan. Lekin chegaralar haligacha ochilgani yoʻq.

Kecha 14 may kuni Oʻzbekiston tashqi ishlari vazirligi ushbu vaziyat yuzasida Respublika maxsus komissiyasiga xabar berganini va mahalliy hokimiyat bilan aloqa oʻrnatganini xabar qilgan edi. Shu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti chegara yaqinda kutayotgan fuqarolarni maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, oʻrnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

*Observatsiya lageri - epidemiologik xavfli hududdan kelgan fuqarolarning harakatlanishini cheklash va ularni tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tashkil qilingan, chegaralangan hudud. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala