Jamiyat

Yana 30 kishida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDezinfektsiya musorыx bakov i urn
Dezinfektsiya musorыx bakov i urn - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq holat 30 taga koʻpaydi. Kasallanganlarning umumiy soni 2682 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Oʻzbekistonda yana 30 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“2020 yil 15 may soat 19:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2682 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Doktor v zaщitnom kostyume testiruyet devushku na koronavirus v Axmedabade, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus hali uzoq davom etadi - BSST rahbari

Yangi koronavirus holati 5 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan. Ular 13 may kuni Qozogʻistondan va Rossiyadan kelgan.

25 nafar fuqaroning kasallanish holati esa oldin kasalligi tasdiqlangan 11 nafar bemor bilan muloqotda boʻlib, karantinga olinganlar orasidan aniqlandi. Ularning 23 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan.

Ayni paytda mamlakatda 2158 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayib ketgan va sogʻayish koʻrsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Bugungi kunda 513 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala