Mirziyoyev Sardoba suv omborini qurish nega kerak bo‘lgani haqida gapirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vnov posetil Sirdarinskuyu oblast
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vnov posetil Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti shu suv ombori kerakmidi yoki yo‘qmi, nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan, degan ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga ochiq javob berib o‘tdi

TOShKENT, 16-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan safari davomida "Sardoba" suv omborini qurish nega kerak bo‘lgani haqida gapirgan. Bu haqda "O‘zbekiston 24" xabar berdi.

Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj

"Albatta, kimdir savol berishi mumkin, shu suv ombori kerakmidi yoki yo‘qmidi, degan. Hozir ham savollar ko‘p. Nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan? Suv bo‘lmagan. Dehqon odam biladi - paxtaga (uning yetishtirilishi davomida) besh-olti marta suv berish kerakligini. Nega boshqa hududlarda 40-70 sentner bo‘ladi (hosil), bu viloyatlarda esa 15 sentner? Ikki marta suv berolmaslikdan. Ikkinchidan - biror marta takror ekin eka olarmidik? Suv yo‘q edi-ku? Shuning uchun 2010-yil eng to‘g‘ri xulosa bo‘lgan", - dedi prezident va "lekin talofat hech kimni ayamaydi", deya qo‘shimcha qildi.

Davlat rahbarining aytishicha, hozir Fransiyadan, Yevropadan, Osiyodan, Turkiyadan va Rossiyadan dunyoning eng kuchli ekspertlari kelishi kutilmoqda.

Mutaxassislar shu obyekt qurilishi mumkinmidi yoki yo‘q, shuningdek ro‘y bergan falokatga xolisona baho beradilar, dedi Mirziyoyev.

Kelajakda bu suv omboridan qanday foydalaniladi, qanday qilib bu ofat takrorlanmasligi haqida mahalliy xalq bilan maslahat ishlaridan so‘ng, obyekt tiklanadi, deb va’da berdi prezident.  

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga safari davomida kuni kecha suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0