"Oʻlmas polk" yurishiga natsistlar suratini yuborgan fitnachilar aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishAktsiya "Bessmertnыy polk" v Moskve
Aktsiya Bessmertnыy polk v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻlmas polk yurishi onlayn tartibda 9 may kuni oʻtkazilgandi. Yovuz niyatli kimsalar Gitler, SS reyxsfyureri Gimmler va Nyurnberg tribunalida mahkamaga tortilgan boshqa natsist-jinoyatchilarni polk ishtirokchilari sifatida turli nomlar ostida joylagan.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Rossiya Tergov qoʻmitasi natsist jinoyatchilari fotosuratlarini "Oʻlmas polk" onlayn yurishi oʻtkaziladigan saytga kim joylaganini aniqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti idora rasmiy vakili Svetlana Petrenkoga tayangan holda.

Aktsiya Bessmertnыy polk v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dunyo qahramonlari “Oʻlmas polk” onlayn marshi safida Qizil maydondan oʻtadi

Ilgariroq berilgan xabarlarga koʻra, "Oʻlmas polk - onlayn" tashkilotchilari halok boʻlganlarning xotirasini bulgʻashga urinish harakatlariga duch kelishgan. Ayrim ishtirokchilar veteranlar fotosuratlari oʻrniga natsist Germaniyasining ideologlari, peshvolari va ofitserlari suratlarini yoʻlladilar.

Yovuz niyatli kimsalar Gitler, SS reyxsfyureri Gimmler va Nyurnberg tribunalida sud qilingan boshqa natsist jinoyatchilari fotosuratlarini turli nomlar ostida joylaganlar. Hujumlar 500dan ziyod IP-manzillardan bir necha soat davomida amalga oshirilgan va bu holat ularning qasddan rejalashtirilganini koʻrsatadi. Fitnachilar haqidagi maʼlumotlar RF Tergov qoʻmitasiga yuborilgan.

TQ maʼlumotlariga koʻra, notoʻgʻri axborotni joylashga urinishlar amalga oshirilgan IP-manzillar, shuningdek, ularning egalari aniqlangan.

Spasibo za Pobedu: tыsyachi lyudey prinyali uchastiye v Bessmertnom polku v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Birinchi kanalida Toshkentda oʻtkazilgan "Oʻlmas polk" namoyish etildi

"Huquqbuzarlik harakatlari oʻnlab, asosan chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgani aniqlandi. Shuningdek, "Oʻlmas polk" aktsiyasi davomida natsizmni reabilitatsiya qilishda gumonlanayotganlar orasida mamlakatimizning turli regionlaridan 10dan ziyod rossiyaliklar borligi aniqlangan", - dedi Petrenko.

Idora fikriga koʻra, ushbu harakatlar natsist rejimi jinoyatlarini oqlash ramzi sifatida amalga oshirilgan. Tergov ishlari davom etmoqda, aniqlangan shaxslar qidirilmoqda.

"Oʻlmas polk" onlayn yurishi 9 may kuni oʻtkazildi. Aktsiyaga talab kattaligi maʼlum boʻldi — onlayn-yurishda ishtirok etish istagida boʻlganlardan 3 millionga yaqin arizalar kelib tushdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala