"Chigirtkalar hujumi": Oʻzbekistonda dala maydonlarini hasharotlar bosib olmoqda

© Foto / press-slujba polpreda PKR v Chuyskoy oblasti Vo Frunzenskom i Voznesenovskom ayыlnыx aymakax Panfilovskogo rayona na territorii pastbiщnыx ugodiy obnarujeno massovoye skopleniye saranchi.
Vo Frunzenskom i Voznesenovskom ayыlnыx aymakax Panfilovskogo rayona na territorii pastbiщnыx ugodiy obnarujeno massovoye skopleniye saranchi. - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda respublika boʻyicha zararli chigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazilgan

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi mamlakatga Turkmanistondan yopirilib kirayotgan chigirtkalar haqidagi xabarni rad etib, hasharotlar "chetdan kelmagan, balki tabiatning ajralmas aʼzosi sifatida hududning oʻzida paydo boʻlgan", deya bayonot eʼlon qildi.

Oni ne kusayutsya - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Chigirtkalar toʻdasi Las-Vegasga hujum qildi: oyoq qoʻyishga joy yoʻq – video

"Maʼlumot uchun respublikamizda 150 dan ortiq chigirtka turi tarqalgan boʻlib, shulardan 10 turi qishloq xoʻjalik ekinlari, yaylovlar va boshqa oʻsimliklarga katta zarar yetkazishi mumkin. Chigirtkalarning yashash tarziga qarab 2 guruhga ajratiladi. Bular toʻda hosil qilib yashovchi marokash, osiyo va voxa chigirtkalari hamda toʻda hosil qilmaydigan (mahalliy) chigirtkalardir. Bugungi kunda respublika boʻyicha zararli chigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi", - deyiladi xabarda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 38,1 ming gektarda, Surxondaryoda 31 ming gektar, Jizzaxda 23 ming gektar, Samarqandda 7,7 ming gektar, Toshkentda 6,1 ming gektar, Navoiyda 5,1 ming gektar, Fargʻonada 754 gektar, Sirdaryoda 177 gektar, Buxoroda 66 gektar va Andijon viloyatida 40 gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazilganligi qoʻshimcha qilingan.

Zararli chigitkalarga qarshi kimyoviy ishlovlarni oʻtkazishga zarur texnikalar bilan taʼminlangan. Mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 320,6 ming gektar maydonda ishlovlarni oʻtkazishni taʼminlaydigan kimyoviy vositalar va 211 ming gektarni taʼminlaydigan yoqilgʻi-moylash mahsulotlari zahirasi yaratilgan.

Qoraqalpogʻiston respublikasida va Xorazm viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi ishlovlar may oyining ikkinchi oʻn kunligidan boshlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala