Dunyoda

Tojikiston Markaziy Osiyoda koronavirusdan oʻlim boʻyicha birinchi oʻringa chiqdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKatalka
Katalka - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston COVID-19 bilan kasallanish boʻyicha Qirgʻiziston, qurbonlar soni boʻyicha esa Qozogʻistonni ortda qoldirgan.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Tojikistonda koronaviris bilan bogʻliq holat 1322 ta yetdi. 36 kishi kasallik qurboniga aylangan. Bu haqda Tojikistonning koronavirus haqidagi yagona milliy portali xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 16 may kuni birdaniga 204 ta yangi holat aniqlangan va uch bemor vafot etgan.

Dezinfektsiya musorыx bakov i urn - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yana 30 kishida koronavirus aniqlandi

Shu tariqa Tojikiston kasallanish boʻyicha Qirgʻiziston, qurbonlar soni boʻyicha esa Qozogʻistonni ortda qoldirgan. Tojikistonda koronavirus rasman 30 aprel kuni aniqlangan edi.

Markaziy Osiyoda COVID-19 bilan bogʻliq holat

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2741 nafarni tashkil qilmoqda. Shulardan 2213 nafari shifo topgan. 11 ta oʻlim holati qayd etilgan. Bu Markaziy Osiyodagi eng past koʻrsatgich.

Qozogʻistonda soʻnggi tasdiqlangan holatlar soni 307 taga koʻpayib, 6157 taga yetgan. 2980 nafar bemor tuzalib ketgan. 34 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirgʻizistonda koronavirus bilan bogʻliq 1138 ta holat qayd etilgan. 804 nafar bemor tuzalib ketgan. Vafot etgan soni 14 kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala