General Do‘stumga marshal unvoni beriladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishDen goroda v Groznom
Den goroda v Groznom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston prezidenti farmoni bilan General Abdul Rashid Do‘stumga Afg‘oniston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari marshal unvoni beriladi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan general, Abdul Rashid Do‘stumga Afg‘oniston QK marshal unvoni beriladi. Bu haqda 17-may prezident Ashraf G‘ani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh imzolagan bitimda aytilgan.

 Ashraf Gani i  Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh Afg‘onistonda hukumatni taqsimlab oldi

“Sobiq vitse-prezident, general Abdul Rashid Do‘stumga prezident farmoni bilan marshal unvoni beriladi”, - deyilgan hujjatda. Uning matni Tolo News tomonidan chop etildi.

Shuningdek, Do‘stum hukumat Oliy Kengashi va Milliy xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston prezidentligiga qayta saylangan Ashraf G‘ani 9-martda qasamod qabul qildi va rasmiy ravishda lavozimga kirishdi. Abdulloh Abdulloh saylovlarda o‘z mag‘lubiyatini tan olmadi va shu kunning o‘zida mamlakat rahbari sifatida o‘z inauguratsiyasini o‘tkazdi. Ikki kundan keyin G‘ani Abdulloh egallab turgan hukumatdagi lavozimini qisqartirdi.

May oyi boshida Abdulloh Abdulloh  va Ashraf G‘ani bilan "muzokaralarda oldinga siljish bo‘lgani va bir qator prinsiplar bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishganini" aytdi.

Kelishuvga binoan, Abdulloh milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni boshqaradi. Uning jamoasi a’zolari Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0