Hodisalar

Ikkita xayriya jamgʻarmaning 15 ming dollarini talon-taroj qilganlar aniqlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Oqqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari va tuman “Mahalla” fondi hisobchisi “Saxovat va koʻmak” va “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining 15 ming dollardan ziyod pulini oʻmarganlikda ayblanmoqda.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi xayriya mablagʻlarini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

V Navoi 70-letniy mujchina pыtalsya prodat pochti 5,5 kg rtuti za 26 tыs. dollarov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Navoiyda qariyb 5,5 kg simobni sotishga uringan 70 yoshli fuqaro qoʻlga olindi

Bosh prokuratura matbuot kotibining maʼlum qilishicha, Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani hokimining mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.A. va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N.lar oldindan til biriktirgan. Ular tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondiga va 2020 yilda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlarni turli yoʻllar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln. soʻm pullarni oʻzlashtirishgan.

Shu bilan birga, 2020 yilda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlardan 44 mln. soʻmni maqsadsiz sarflab, rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Oʻzbekiston JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala