Infografika

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat - prezident topshirigʻi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi, xizmat koʻrsatish, sanoat va qishloq xoʻjaligida IT-texnologiyalarni joriy qilishni jadallashtirish zarurligini taʼkidladi. Prezident “har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi”, deya taʼkidladi.

Hozirgi vaqtda xizmat va idoralarning atigi 30 foizi Elektron hukumat tizimiga ulangan. Davlat xizmati koʻrsatuvchi 80 ta idoraning 27 tasi Davlat xizmatlari agentligiga integratsiya qilingan xolos.  Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarida yuqori tezlikdagi Internetga ulanish bilan bogʻliq muammolar mavjud.

Davlat dasturiga koʻra, yaqin kelajakda mamlakatning barcha sohalari samarali elektron tizimga integratsiya qilinishi kerak. Tahlilchilarning fikriga koʻra, keng polosali internet tarmogʻini 10 foiz kengaytirish evaziga yalpi ichki mahsulotni kamida 1 foiz oʻstirish mumkin, sanoat korxonalarida axborot texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga tannarxni oʻrtacha 13-15 foizga pasaytirish mumkin.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish dasturining asosiy maqsadlari haqida Sputnik Oʻzbekiston infografikasida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala