Samolyot va poyezd yo‘lovchilari uchun COVID-19ga test topshirish joyi va narxi ma’lum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishEkspress-diagnostika na antitela k koronavirusu v klinike Hadassah Medical Moscow v Skolkovo
Ekspress-diagnostika na antitela k koronavirusu v klinike Hadassah Medical Moscow v Skolkovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov qayerda koronavirusga test topshirib, ma’lumotnoma olish mumkinligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistonda samolyot va poyezd yo‘lovchilari uchun COVID-19ga test topshirish joyi va narxi ma’lum qilindi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot muassasalarida koronavirusga test tekshiruvi bepul amalga oshiriladi. Biroq tiklanayotgan avia va temir yo‘l qatnovi yo‘lovchilari uchun boshqa vaqtinchalik tartib mavjud.

"Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi farmoniga muvofiq, yo‘lovchilar laboratoriya tekshiruvlari pullik asosda o‘tkaziladi. Bitta tahlilning narxi 224 ming so‘mni tashkil etadi. Tekshiruv Toshkentda Respublika OITSga qarshi kurash markazida, Qoraqalpog‘iston va mintaqalarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida o‘tkaziladi”, - dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, yangi tartibga ko‘ra, samolyot va poyezdlarga koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi manfiy ekanligi haqidagi ma’lumotnomaga ega yo‘lovchilar qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0