Video

Toshkentda aeroport va vokzallar ochildi - video

Joriy yil 18 may kunidan Toshkentdan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkentdan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga temir yoʻl qatnovi qisman tiklandi.

Barcha yoʻlovchilar sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya qilmoqda: himoya niqob va qoʻlqopda, kirishda dezinfektsiyadan oʻtadi. Dastlab yoʻlovchilardan "COVID-19"ga test tahlili olinganligi haqidagi maʼlumotnoma talab etilgan. Keyinchalik Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Poyezdda joylashish – ham sanitariya talabiga rioya qilgan holda: yoʻlovchi ikki oʻrindiqda boʻladi.  

Avia parvozlar ham oʻz ishini tikladi: aeroport kishi qismida – sanitariya nazorati, kutish zalida esa ijtimoiy masofaga rioya qilinadi.

Poytaxtdan birinchi samolyot Urganchga uchdi. Shu haftada reyslar Nukus va Termezga  rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala