Toshkentdan Buxoroga tezurar poyezd jo‘nab ketdi

© © Sputnik / Stas EtveshPosadka passajirov na skorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale goroda Samarkand
Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bugundan qariyb ikki oydan so‘ng qator mahalliy yo‘nalishlarda poyezdlar harakati qisman tiklandi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Bugun soat 07: 00 da Toshkent – Navoiy – Buxoro yo‘nalishida “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd jo‘nab ketdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Shuningdek, soat 08:00 da Toshkent – Qarshi yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdi vokzaldan jo‘nab ketgan.

Soat 08:05 da esa “Toshkent-Janubiy” vokzalidan Toshkent – Andijon yo‘nalishidagi jo‘nab ketgan.

Passajiri spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Karantin davrida samolyot va poyezd yo‘lovchilariga qanday talablar qo‘yilgan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020-yil 18-may kunidan boshlab ayrim shaharlararo qatnovlarga ruxsat berilishi xabar qilingan edi.

Shu bilan birga temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Shuningdek, poyezdlarga chiqayotgan yo‘lovchilar uchun muhim shartlaridan biri – Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi manfiy ekanligi haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0