Jamiyat

Yoʻlovchilardan "COVID-19"ga test tahlili olinganligi haqidagi maʼlumotnoma talab etilmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProvodnik u vagona na jeleznodorojnom vokzale v Tashkente
Provodnik u vagona na jeleznodorojnom vokzale v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda avia va temir yoʻl qatnovi uchun yoʻlovchilardan koronavirusga test topshirish talabi bekor qilindi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Avia va temir yoʻl qatnovi uchun yoʻlovchilardan koronavirusga test topshirish talabi bekor qilindi.

Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Karantin davrida fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba oʻrganilgan holda joriy yilning 18 may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga temir yoʻl qatnovi (borish va qaytish) uchun koronavirus infektsiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.

Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini eʼtiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yoʻlovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Endilikda yuqorida koʻrsatilgan reyslar boʻyicha harakatlanayotgan yoʻlovchilardan  koronavirus infektsiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi maʼlumotnoma talab etilmaydi. 

Shu bilan birga, avia va temir yoʻl qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yoʻlovchilar sonini kamaytirish, dezinfektsiya qilish va boshqa sanitariya talablari soʻzsiz bajarilishi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala