O‘zbekiston Afg‘onistonda erishilgan siyosiy bitimni qo‘llab-quvvatlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV ushbu muhim qarorlar qo‘shni Afg‘onistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochishiga umid bildirgan.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 Ashraf Gani i  Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh Afg‘onistonda hukumatni taqsimlab oldi

Vazirlik ushbu muhim qarorlar qo‘shni Afg‘onistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochishiga umid bildirgan.

“O‘z navbatida, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg‘onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh o‘rtasida siyosiy bitim imzolangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0