TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida jamoat transporti, teatrlar va kutubxonalar 25 maydan oʻz faoliyatini qayta tiklaydi. Bu haqda seshanba kuni oʻtkazilgan matbuot-anjumanida Respublika bosh vaziri birinchi oʻrinbosari Kubatbek Boronov maʼlum qilgan.
"Bishkekda jamoat transporti, avtobuslar va trolleybuslar 25 may sanasidan oʻz faoliyatini boshlaydi", - deb aytgan Boronov.
Uning soʻzlariga koʻra, xuddi oʻsha kundan teatrlar, muzeylar, galereyalar va kutubxonalar faoliyatiga ham ruxsat beriladi.
"Oʻz faoliyatini qayta tiklayotgan barcha obʼyektlarda sanitariya-karantin choralari qatʼiy amal qilinishi lozim", - dedi amaldor.
Qirgʻizistonda bugunga qadar koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 1243 nafarni tashkil qilmoqda, infektsiyani yuqtirganlar orasida 257 nafari - tibbiyot xodimlaridir. Vafot etganlar soni 14 kishi. 898 nafar bemor sogʻaygan. Pandemiya davrida respublikada 80 mingdan ziyod testlar amalga oshirilgan.
Butundahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirusga chalinish boʻyicha 4,6 million holat qayd etilgan, 311 mingdan ziyod inson vafot etgan.