Firibgarlar bank kartasi parolini bilmasdan qanday pul yechib olishlari mumkin

Obuna bo‘lish
Markaziy bank firibgarlar fuqaroning bank kartasi parolini bilmay va masofadan turib qanday pul yechib olishlari mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Markaziy bank kartani rasmga olib kimgadir jo‘natish yoki ijtimoiy tarmoqga joylash firibgarlar uchun qanchalik qo‘l kelishini tushuntirdi.

Qayd etilishicha, bank kartasi ustidagi raqamlari, ya’ni rekvizitlar – karta egasini unifikatsiya va identifikatsiya qilish hamda kartaning amal qilish muddatini belgilaydi. Shuningdek, rekvizitlar bank kartasini masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimiga ulash uchun foydalaniladi. Bank kartasidagi raqamlar boshqa shaxsga oshkor bo‘lib qolishi xavf tug‘dirmaydi.

Devushka sidit s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda firibgarlar o‘zini yakkalash tartibini buzganlik uchun “jarimaga torta boshladi”

“Ammo begona shaxslar tomonidan karta egasining ruxsatisiz masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimiga ulanish uchun karta rekvizitlari kiritilganda, karta egasining uyali telefoniga SMS-xabarnoma xizmati orqali maxfiy kod yoki raqamli xabarnoma keladi. Agar mazkur xabar (kod) begona shaxsga oshkor bo‘lsa, ularda masofadan turib kartadagi mablag‘ni o‘zlashtirish imkoni tug‘iladi. Ya’ni karta egasi mablag‘ini firibgarlarga o‘zlashtirish uchun sharoit yaratib bergan bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Masalan: firibgar o‘zini bank xodimi yoki turli aksiyalar tashkilotchisi sifatida telefonda tanishtiri va kartaga ma’lum miqdorda mablag‘ o‘tkazib berishni taklif qilishi mumkin. Keyin bank kartasi egasining mobil telefoniga kelgan “tasdiqlovchi kod”ni so‘raydi. Bunday holatda, ushbu kodni ularga zinhor oshkor qilmaslik kerak hamda bu haqda ichki ishlar organlariga xabar berish lozim.

Bank kartasi egasining mobil telefoniga “SMS-xabarnoma” xizmati orqali kelgan maxfiy kodni boshqa shaxslarga oshkor qilmasligi bank kartasidagi mablag‘ning boshqalar tomonidan o‘zlashtirilish imkonini yo‘qqa chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0