Mirziyoyev topshirig‘i bilan rus-qozoq chegarasida to‘planib qolganlar olib kelinadi

© Sputnik / Samvel Sepetchan / Mediabankka o‘tishKontrolno-propusknoy punkt na granitse
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bo‘lib turganlar ro‘yxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi. Jami 1100 nafar o‘zbekistonlikning vatanga olib kelinishi kutilmoqda.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Mamlakatning Moskva va Ostona shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz ro‘yxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston chegarasida to‘planib qolgan o‘zbekistonliklar borasida kelishuvga erishildi

“Vatanimizga mazkur ro‘yxatga kiritilgan jami 1100 nafar hamurtimiz olib kelinadi. Xususan, 2020-yil 18-may va 19-may kunlari 550 nafardan vatandoshimizning avtobuslarda O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan. Ular yetib kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, ularni Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali O‘zbekistonga olib kelish istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalar tomonidan avvaldan shakllantirilgan ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha ro‘yxat tuzish ko‘zda tutilmagan.

Vazirlik Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolardan “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklari, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolgan.

TIV fuqarolarni Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga olib kelishning qayta boshlanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0