Samarqandda 34 kishiga koronavirus yuqtirgan shifokor ishi bekor qilindi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura SSV murojaatiga muvofiq samarqandlik shifokorgi nisbatan qo‘llanilgan jinoyat ishini qayta ko‘rib chiqib uni bekor qildi.

TOShKENT, 19-may - Sputnik. Bosh prokuratura tomonidan Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiy birlashmasi bo‘lim boshlig‘i shifokor X.D.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilindi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Bosh prokuratura xabarida aytilishiga ko‘ra, ushbu ish yuzasida olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari to‘liq o‘tkazilmagan va jinoyat ishi ochish haqidagi qaror shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan. Shu sababli shifokor X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan bekor qilingan.

"Murojaat Bosh prokuratura tomonidan chuqur o‘rganilib, tezkorlik bilan ijobiy hal qilinganligi shifokorlarimizni quvontirishi, o‘z kasbiga nisbatan yana-da mas’uliyat bilan yondashib, faoliyat yuritishlariga zamin yaratishi shubhasiz", - deyilgan SSV xabarida.  

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani tibbiy birlagmasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlovchi shifokor koronavirusga qalinishiga qaramasdan o‘z-o‘zini izolyatsiya qilmagan va oila a’zolari hamda bemorlardan bir necha nafariga virus yuqtirgan. Ushbu munosabat bilan huquqni saqlash organlari unga nisbatan jinoyat ishi ochgani haqida xabar qilgan edik. 

Shundan so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qaror asossizligini va masalani qaytadan ko‘rib chiqishni so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0