O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida yana yuqoriladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie
Setevoe oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Speedtest Global Index aprel oyi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston bir pog‘ana yuqorilab, 94-o‘rinni egallagan.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston yana bir pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.

Start prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei - Sputnik O‘zbekiston
Ayrim joylarda mobil internet tezligi nega pasayganiga izoh berildi

Speedtest Global Index aprel oyi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston bir pog‘ona yuqorilab, 94-o‘rinni egallagan.

Ta’kidlanishicha, mamlakat bir yil davomida 37 pog‘ona ko‘tarilgan, ya’ni 131-o‘rindan 94-pog‘onaga ko‘tarilgan. Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barovar o‘sgan: 11,62 Mbit/s. 2019-yil mart holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/s. gacha (yuklash) 2020-yil aprel holatiga nisbatan.

2020 yil aprel holatiga ko‘ra mamlakat aniqlangan Internet tezligi bo‘yicha bir qator davlatlardan oldinda: Turkiya (97-o‘rin) ,Gruziya (95-o‘rin), Ozarbayjon (114-o‘rin), Tojikiston (99-o‘rin), va Turkmaniston (174-o‘rin).

Yangiliklar lentasi
0