Iqtisod

Oʻzbekistonda qonuniy maoshlar miqdori 37 foizga oshdi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovJenщina schitayet banknotы posle obmena valyutы v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente
Jenщina schitayet banknotы posle obmena valyutы v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Moliya vazirlig xabariga koʻra, soliq stavkasining oʻzgartirilishi qonuniy maoshlar miqdori oshishiga olib kelgan.

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligi xabariga koʻra, 2020 yil boshida qonuniy maoshlar miqdori sezilarli darajada oshgan. Bunga oʻtgan yili soliq qonunchiligiga kiritilgan bir qator oʻzgarishlar sabab boʻlgan. 

"Soliq solishning yassi stavkasining joriy etilishi, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalar uchun ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizga pasaytirilishi, shuningdek eng kam ish haqining oshirilishi legal sektordagi mehnatga haq toʻlash fondini 37 foizga oshirishga turtki boʻldi", - deyilgan vazirlik xabarida. 

Xabarda aytilishiga koʻra, 2019 yilning fevral oyida Respublika mehnatga haq toʻlash fondi 5857 mlrd. soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2020 yil fevralida ushbu koʻrsatgich 8041 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.

Moliya vazirligi shuningdek, Oʻzbekistonda nafaqat qonuniy maoshlar soni balkim ularning miqdori ham oshganini qayd etgan. Xususan, 2-4 mln. soʻm maosh oluvchilar miqdori 18% dan 21% gacha oshgan, 4 -5,5 mln. soʻm maosh oluvchilar miqdori 3,5 %dan 4,7 %gacha oshgan. 1 mln. soʻmgacha maosh oluvchilar miqdori esa 47% dan 41% gacha kamaygan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala