Dunyoda

Dunyoda yana bir COVID-19 tarqalishi xavfi mavjud - Pentagon

AQSH Mudofaa vazirligi samarali vaktsina yaratilmagani tufayli dunyoda yana bir COVID-19 tarqalish xavfi mavjud deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. AQSH Mudofaa vazirligi dunyoda yana bir COVID-19 tarqalish xavfi mavjud deb hisoblaydi, chunki kasallikka qarshi samarali vaktsina faqat 2021 yilning yozida paydo boʻlishi mumkin, deb yozadi Task & Purpose nashri idoraning ichki hujjatiga asosan. RIA Novosti xabariga asosan.

Kompyuternoye izobrajeniye, sozdannoye kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazыvayet model, strukturno predstavlyayuщuyu betakoronavirus, kotorыy yavlyayetsya tipom virusa, svyazannogo s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida doʻl yogʻdi – foto

"Hozir diqqatimizni oʻta muhim missiyalarni davom ettirishga, agar keyinchalik shu yilda COVID-19ning tarqalishi yuz bersa, faoliyat koʻlamini kengaytirish va zarur tayyorgarlikka yoʻnaltirishimiz kerak", -  deyilgan Pentagon rahbari Mark Esper uchun uning yordamchisi tomonidan tayyorlangan materialda.

Nashr yozishicha, idora vakilining soʻzlariga koʻra, hujjat allaqachon eskirgan, ammo qoʻshimcha maʼlumot berishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, departamentdagi OAV manbasi taʼkidlashicha, maʼlumotnoma rasmiy ravishda nashr etilmagan, hali oʻzgartirilishi mumkin.

Bundan avval Donald Tramp koronavirus vaktsinasini yaratish borasidagi ishlar "juda yaxshi" ketayotganini aytgandi: AQSH hukumati preparatni yil oxirida yoki undan oldin olishni kutmoqda. Qoʻshma Shtatlardagi COVID-19ga qarshi dori harbiylar tomonidan tashiladi.

BSST maʼlumotlariga koʻra, kamida 4,6 million kishi koronavirus bilan kasallandi, 318 mingga yaqin kishi vafot etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala