Dunyoda

Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida doʻl yogʻdi – foto

© REUTERS / NEXU Science CommunicationKompyuternoye izobrajeniye, sozdannoye kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazыvayet model, strukturno predstavlyayuщuyu betakoronavirus, kotorыy yavlyayetsya tipom virusa, svyazannogo s COVID-19
Kompyuternoye izobrajeniye, sozdannoye kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazыvayet model, strukturno predstavlyayuщuyu betakoronavirus, kotorыy yavlyayetsya tipom virusa, svyazannogo s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Antiqa koʻrinishdagi doʻl dunyoning qarama-qarshi qismida joylashgan davlatlarda yogʻdi. Uning shakli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Xitoy va Meksikada koronavirus shaklida doʻl yogʻdi.

Model na pokaze avstraliyskogo dizaynera Ten Pieces vo vremya Avstraliyskoy nedeli modы v Sidneye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qaysi davlatlar “tojdor dushman” ustidan gʻalaba qozondi

Daily mail nashri yozishicha, Meksikaning shimolidagi Nuevo Leon shtatining hayratga tushgan aholi ijtimoiy tarmoqlarda muz boʻlaklarining suratlarini joylashtirishdi.

Suratda doʻlda COVID-19ga oʻxshash "tikanlar" borligini koʻrish mumkin.

Ayniqsa dindor foylanuvchilar, bunday tabiiy hodisa “dunyo yaratuvchisidan kelgan xabar” boʻlishi mumkin, deya taxmin qildilar.

Shunga oʻxshash suratlar bilan Xitoyning Tsindao shahrida yashovchi Arlene Lee ham oʻrtoqlashdi.

“Kechasi Tsindaoda mana shunday doʻl yogʻdi!”, - deb yozdi ayol.

Oʻz navbatida, Jahon meteorologiya tashkilotining meteorologi va maslahatchisi Joze Migel Vinas bu koʻrinishdagi doʻl gʻayrioddiy hodisa emasligini taʼkidladi.

"Boʻron paytida doʻl mayda sharsimon shaklda boshlanadi va ustida muz qatlami toʻplanadi. Kuchli boʻronlar paytida, doʻl yetarlicha kattalashib, parchalanadi, koʻplari majaqlanib, bir-birlariga qoʻshiladi va shunday muz tikanlarini hosil qilishadi" - deya tushuntirdi meteorolog.

Uning qoʻshimcha qilishicha, yerga tushgan doʻl ezilgan muz disklari boʻlib, kuchli zarba yoki turli oʻlchamdagi doʻllarning birlashtirishi natijasida yulduz shakliga olib keladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala