Xitoylik qiz sobiq yigitidan bir tonna piyoz yuborib o‘ch oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLuk na rinke
Luk na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning Shandun provinsiyasida istiqomat qiluvchi qiz sobiq yigitidan qasos olish maqsadida uning uyiga bir tonna piyoz jo‘natdi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Xitoyning Shandun provinsiyasida istiqomat qiluvchi qiz sobiq yigitidan o‘ch olishga qaror qildi. RIA Novosti xabariga asosan. 

Mejdunarodniy aviatsionniy-kosmicheskiy salon MAKS 2015 - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy OAVlari Su-34 jangovar qobiliyatiga baho berdi

"Sinszin bao" gazetasining yozishicha, Chjao ismli qiz internetda bir tonna piyoz sotib oldi va sobiq yigitining manzilini ko‘rsatadi. Qiz piyozni to‘g‘ri uning uyi eshigi ostiga tashlab ketish va qaytarib olmaslikni so‘raydi. Qiz jo‘natmaga "Meni tashlab ketganingdan keyin uch kun yig‘ladim, endi sen yig‘laysan" deb yozilgan qog‘ozni yopishtiradi.

Yigit o‘zi esa, ular qiz bilan orani ochiq qilganiga bir yil bo‘ldi, ammo piyoz uni yig‘latmadi, aksincha foyda keltirdi, chunki u piyozni tezda bir ming yuanga (140 dollar) sotib yubordi.

Yigitning ta’zirini berish yo‘li faqat kuryerga juda katta noqulayliklar keltirdi, chunki u piyoz solingan qoplarni bir necha soat davomida yuk mashinasidan tushirib, ichkariga tashidi.

Shuningdek, qo‘shnilar ham norozi bo‘lishdi, chunki butun uy-joy majmuasi piyoz hidiga to‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0