Jamiyat

Tojikiston Oʻzbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi

© Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblasti TadjikistanaTadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomoщ dlya postradavshix ot prorыva dambы Sardobinskogo vodoxraniliщa
Tadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomoщ dlya postradavshix ot prorыva dambы Sardobinskogo vodoxraniliщa  - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston hukumati Sirdaryo viloyatida yuzaga kelgan suv toshqinidan zarar koʻrganlarga 51 ta vagondan iborat insonparvarlik yordami joʻnatdi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Tojikiston hukumati Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilishi natijasida zarar koʻrganlarga insonparvarlik yordami yubordi.

© Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblasti TadjikistanaTadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomoщ dlya postradavshix ot prorыva dambы Sardobinskogo vodoxraniliщa
Tojikiston Oʻzbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi - Sputnik Oʻzbekiston
Tadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomoщ dlya postradavshix ot prorыva dambы Sardobinskogo vodoxraniliщa

Sugʻd viloyati raisi mutbuot kotibining Sputnik Tojikiston nashriga maʼlum qilishicha, 51 ta vagondan iborat insonparvarlik yordamini tsement, shifer va boshqa zaruriy qurilish mahsulotlari tashkil qiladi.

© Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblasti TadjikistanaTadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomoщ dlya postradavshix ot prorыva dambы Sardobinskogo vodoxraniliщa
Tojikiston Oʻzbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi - Sputnik Oʻzbekiston
Tadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomoщ dlya postradavshix ot prorыva dambы Sardobinskogo vodoxraniliщa

Ushbu yordam Sardoba suv ombori oʻpirilishi oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilayotgani taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Natijada Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta koʻp qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta koʻp qavatli turar joy qisman zararlangan. Hozirda toshqin oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, Prezident Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qoʻydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala