Jamiyat

Oʻzbekistonda birdaniga 47 kishida COVID-19 aniqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishTestirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19
Testirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2920 nafardan oshib ketdi. Soʻnggi soatlarda yana 47 kishida kasallik aniqlandi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekistonda yana 47 kishining COVID-19ga topshirgan testi musbat chiqdi.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
COVID-19dan davolanganlar atrofdagilarga zararli emas - olimlarning yangi kashfiyoti

“2020 yil 20 may soat 16:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2927 (+47) nafarni tashkil qilmoqda”, - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28 nafari oldindan karantinda boʻlgan fuqarolar, 19 nafari xorijdan (15 nafari Qozondan, 4 nafari Sankt-Peterburgdan charter reyslari orqali) kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan shaxslar orasidan qayd etildi.

Ayni paytda mamlakatda 2366 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala