Dunyoda

AQSH pandemiyadan dunyo koʻrgan zararni baholadi

© Sputnik / Tatyana Stolyarova / Fotobankka oʻtishNyu-York vo vremya rejima CHS
Nyu-York vo vremya rejima CHS - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyo pandemiyadan 9 trln dollar zarar koʻrgan. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashish uchun qoʻshgan hissasini “arzimagan” deb atadi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 9 trln dollar ajratishi kerak. Bu haqda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo maʼlum qildi.

Respublikanskiy kandidat v prezidentы Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Xitoyga "munosabatlarni toʻliq uzish" bilan tahdid qilmoqda

“Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashish uchun qoʻshgan hissasi arzimagan, agar u tufayli butun dunyo toʻlagan baho bilan taqqoslasak. Ushbu vabo 90 ming amerikaliklarning yotigʻini quritdi, martdan buyon 36 mln amerikalik ishidan ayrildi.  Butun dunyo boʻylab 300 ming kishi vafot etgan. Hisob-kitoblarimizga koʻra, (Xitoy hissasi) 9 trln dollar boʻlishi kerak”, - dedi Pompeo.

Pompeoning soʻzlariga koʻra, AQSH, masalan, yangi koronavirusga qarshi kurashish uchun 10 mlrd dollar ajratgan, Xitoy esa 2 mlrd dollar.

AQSH Xitoyni koronavirus avj olishini yetarli darajada tekshirmaganlikda ayblab keladi, Pekin esa buni rad etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala