Birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishPerviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Perviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 apreldan Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni olishda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etilgan.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qonun O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi chiqarib tashlandi.

1 apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etilgan.

Yangiliklar lentasi
0