Oilaviy mojaro: nega buvilar va ota-onalar bolalarni bo‘lib olisholmaydi?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDestkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova
Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota-onalar va buvilarning bola uchun talashi uning tarbiyasiga qanday ta’sir qiladi - mutaxassis bilan suhbat.

TOShKENT, 20-may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan eksklyuziv suhbatda bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova odamlar qanday muammolari bilan kelgani haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 16-mart - mamlakatda karantin choralari e’lon qilinguniga qadar, misol uchun, nabiralarining tarbiyasida onasi yoki otasi ishtirokini cheklashni istagan buvilar u bilan uchrashuvni istagan.

Raxmat Mamatov - Sputnik O‘zbekiston
Mahalla va oila: Mamatov yangi tashkil etilgan vazirlik haqida

"Afsuski, bu epidemiya kelishi oldidan biz tahlil qilishga ulgurgan masalalardan biri holosdir. Va men bu muammo hususida shuni aytmoqchimanki, ota-onalar - er-xotin, ya’ni onasi va otasi o‘z farzandini tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashda teng huquqlarga egadirlar", - deya ta’kidlaydi Yunusova.

Ombudsmenning so‘zlariga ko‘ra, qabulga kelgan buvilar unga turli xil va’jlarni bildirishdi va o‘z talablarini kelinlari tarbiyada qatnashishdan bosh tortganligi yoki bolaga yomon ta’sir ko‘rsatganligi bilan asosladilar. Biroq, ko‘pincha bu holat qaynona bilan kelin yoki kuyov va qaynona o‘rtasida yaqqol shaxsiy adovat fonida ro‘y bergan.

Yunusovaning ta’kidlashicha, bunday holatlarda buvi va buvalari nevaralarini ota-onalari bilan uchrashishiga to‘sqinlik qilish o‘rniga, bolalarga ham otasi, ham onasini yaxshi ko‘rishiga yordam berishlari kerak.

"Bu kabi arizalar bizga ko‘plab kelmoqda. Afsuski, bolalar adovat va qarama-qarshiliklar muhitida o‘sib-ulg‘ayishi ularning hissiy holati va psixologik rivojlanishiga yomon ta’sir qilishini ular tushunmayaptilar. Albatta, bu yerda psixologlar va shuningdek mahalla qo‘mitalarining o‘rni muhimdir, chunki ular bu holattda ikkala ota-onaning ham ishtirokiga qarshi turishning keragi yo‘qligini tushuntiradi", - deya qo‘shimcha qildi huquq himoyachisi.

Ammo nafaqat buvilar yordam so‘rashadi - yosh ota-onalar ham maslahat uchun kelishmoqda. Ombudsmenning fikriga ko‘ra, bolalarning uyg‘un tarbiyasiga oid tegishli adabiyotlarni yaratish zaruriyati keldi.

"Ota-ona bo‘lib qolish oson, ammo ota-onalik majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish juda qiyin va mashaqqatli ishdir", - deya xulosa qildi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil.

Uning fikriga ko‘ra, ushbu muhim ijtimoiy jarayonda hamjihatlik, jamoat institutlarining ishtiroki, shuningdek, oilasi va farzandlari uchun shaxsiy javobgarlik hissi zarur.

Yangiliklar lentasi
0