Samarqandda shoshilinch tibbiy yordam markazi karantinga yopildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNadpis "Karantin"
Nadpis Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot muassasida davolanayotgan bemorlar hamda tibbiyot xodimlaridan COVID- 19 infeksiyasi aniqlangan. Markazda davolanayotgan 67 nafar bemor boshqa joyga o‘tkazilgan.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanayotgan bemorlar va tibbiyot xodimlaridan COVID- 19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli markazning faoliyati 19-maydan vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, markazda davolanayotgan 67 nafar bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialiga o‘tkazilgan.

Odna iz stomatologicheskix poliklinik. Patsiyentov vo vremya karantina stalo menshe. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yana bir oilaviy poliklinika karantinga yopildi

Shuningdek, markaz faoliyati qayta yo‘lga qo‘yguniga qadar viloyat aholisiga quyidagi shifoxonalarda vaqtincha shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi:

 - Travmatologik va neyroxirurgik (reanimatsiyasi bilan) tibbiy xizmatlar  - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialida;

- Xirurgiya, urologiya, ginekologiya, LOR, pediatriya, terapiya va reanimatsiya xizmati - SamMI 2-klinikasida;

- Kombustiologiya (kuyish) tibbiy xizmati  - Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida;

- Toksikologiya va EKD xizmati -  Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida.

Bundan tashqari, viloyat kardiologiya dispanseri, viloyat nogironlarni reablitatsiya qilish va protezlash markazi hamda viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida shahar aholisi orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar karantin nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0