Dunyoda

Tomoshabin oʻrniga seks qoʻgʻirchoq: Koreya futbol klubi jarimaga tortildi

© AFP 2018 / -Seks kukla
Seks kukla - Sputnik Oʻzbekiston
Tribunalarni tomoshabinlar oʻrniga seks-qoʻgʻirchoqlar bilan toʻldirgan Janubiy Koreya klubi jarimaga tortildi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik.  Janubiy Koreyaning “Seul” klubi tribunalarda tomoshabinlar oʻrnida seks-qoʻgʻirchoqlarni joylashtirgani uchun 100 million von (81 454 dollar) jarimaga tortildi. Reuters maʼlum qilishicha, bu haqda mamlakat chempionati intizom qoʻmitasi qaror chiqardi.

Futbolnыy myach Bundesligi - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Germaniya futbol boʻyicha chempionatni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Chempionat may boshida qayta tiklangandi, biroq oʻyinlar tomoshabinlarsiz sharti bilan oʻtkazilyapti. 17 may kuni “Seul” klubi oʻz maydonida “Kvanju” jamoasini qabul qildi. Tribunalarni toʻldirish uchun klub rahbariyati niqoblarda manekenlarni oʻtkazib, bannerlarni ilib qoʻydi.  

Keyinchalik televizorda oʻyinni kuzatgan muxlislar manekenlar seks-qoʻgʻirchoqlarga oʻxshashini payqab qolishdi. Plakatlarda esa seks-doʻkonlar nomlari yozilgan ekan.  

“Intizom qoʻmitasi hodisaning jiddiyligini inobatga olib, keskin choralarni koʻrdi. Manekenlardan foydalanish fanat va ularning oila aʼzolarini haqorat qildi. Umid qilamizki, kelgusida bunday noxush holatlarning oldi olinadi”, - deyilgan xabarda.

Kuni kecha "Seul" klubi rahbariyati yuz bergan voqea uchun uzr soʻradi. Bayonotda qayd etilishicha, ular buyurtma qilgan mahsulotlar kattalar uchun moʻljallangan tovarlar toifasiga kirishi haqida xabardor boʻlmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala