Jamiyat

Turkmanistonda 61 nafar oʻzbekistonlik afv etildi

© Press-slujba UVD Buxarskoy oblastiV Turkmenistane pomilovan 61 grajdan Uzbekistana
V Turkmenistane pomilovan 61 grajdan Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Turkmanistondagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan 61 nafar Oʻzbekiston fuqarolari afv etilib, mamlakatga qaytarildi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Turkmanistondagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan 61 nafar Oʻzbekiston fuqarolari afv etish toʻgʻrisida farmonga asosan ozodlikka chiqarilib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Turkmaniston prezidenti afv etganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayollardir.

© Press-slujba UVD Buxarskoy oblastiV Turkmenistane pomilovan 61 grajdan Uzbekistana
Turkmanistonda 61 nafar oʻzbekistonlik afv etildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Turkmenistane pomilovan 61 grajdan Uzbekistana

Ular karantin tartib-qoidalariga toʻliq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali Oʻzbekiston hududiga kiritildi. Soʻngra Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash joyiga joylashtirildi.

Ular orasidan Oʻzbekistonda qidiruvda boʻlgan 5 nafar shaxslarning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi fuqarolar. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi - Qoraqalpogʻiston Respublikasiga joʻnatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala