Jamiyat

Yana bir guruh oʻzbek shifokorlari Tojikistonga keldi

© Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana V Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana na pomoщ kollegam v borbe c COVID-19 pribыli uzbekskiye mediki
V Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana na pomoщ kollegam v borbe c COVID-19 pribыli uzbekskiye mediki - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻrt kishidan iborat shifokorlar guruhi Tojikistonning Sugʻd viloyatiga tojik hamkasblariga COVID-19ni yengish uchun yordamga kelishdi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Oʻzbek shifokorlari Tojikistonning Sugʻd viloyatiga tojik hamkasblariga COVID-19ni yengish uchun yordamga kelishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston nashri viloyat maʼmuriyati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

UzAuto Motors otpravila avtomobili skoroy pomoщi v Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
UzAuto Motors Tojikistonga tez yordam avtomobillarini yubordi

Toʻrt kishilik shifokorlar guruhi epidemiolog, virusolog va ikki nafar anesteziologlardan iborat. Guruhga Neʼmatjon Ibragimov boshchilik qilgan.

Sugʻd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda bilan uchrashuvda ular tojik hamkasblari bilan ikki kun viloyat kasalxonasida ishlashgani va tajriba almashishganini maʼlum qilishdi.

“Bemorlarni davolash professional tarzda olib borilmoqda. Agar tajribali shifokorlar bundan keyin ham shunday ishlashda davom etsa, yaqin kunlarda ular COVID-19 ustidan toʻliq gʻalaba qozonishadi”, - deya taʼkidlagan Ibragimov.

Eslatib oʻtamiz, may oyi boshida ham bir guruh oʻzbekistonlik yuqori malakali va tajribali shifokorlar Tojikistonga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun yordamga joʻnab ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala