Jamiyat

Juma shahriga kirish vaqtinchalik toʻxtatildi

© © SputnikPogranichnыy punkt, arxivnoye foto
Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Pastdargʻom tumani Juma shahriga kirish va shahar ichidagi bir necha koʻchalar boʻylab harakatlanish taʼqiqlandi.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Samarqand viloyatidagi Juma shahri kirish yoʻli hamda shahar ichidagi bir necha koʻchalarda transport harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi. Bu haqida Pastdargʻom tumani hokimligi xabarida aytib oʻtilgan. 

Pastdargʻom tumani aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish hamda koronavirus infektsiyasining tuman hududi boʻylab tarqalishining oldini olish maqsadida tuman hokimi SH.Xudayberdiyevning farmoyishiga bilan 21 may kuni soat 19:00 dan boshlab, Juma shahriga tumanning boshqa hududlaridan kirib kelayotgan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishi vaqtincha toʻxtatiladi.

  • 4R-46a avtomobil yoʻlining 1-kilometri, Juma shahriga kirish yoʻli;
    Juma shahar Havuzak mahallasi Kamalak koʻchasi yoʻli;
  • 4K-547 avtomobil yoʻlining Juma shahar SH.Rashidov mahallasi M.Sharapov va Boʻston koʻchalariga kirish yoʻli;
  • Samarqand – Juma - Kattaqoʻrgʻon 4R-46 avtomobil yoʻlining 24-klometri, Juma shahriga kirish yoʻli;
  • Samarqand – Juma - Kattaqoʻrgʻon 4R-46 avtomobil yoʻlining 25-klometri, Juma shahar Buyuk Turon koʻchasiga kirish yoʻli;

Eslatib oʻtamiz, Samarqand shahri hozircha "qizil" maqomda qolmoqda. Yaqinda shagʻar tez tibbiy yordam markazida koronavirus holati aniqlanib markaz karantinga yopilgan edi. 

Undan tashqari biroz oldin Oqdaryo tumanida tibbiyot boʻlimi boshligʻi koronavirus infektsiyasi yuqtirganini va belgilangan tartibda davolanmagani tufayli oila aʼzolari va bemorlar orasida yana 34 kishiga ushbu kasallikni yuqtirgani aniqlangan edi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala