Infografika

YEOIImi yoki JST - soʻrov natijasi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oʻtkazilgan - Oʻzbekistonning YEOII va JSTga ehtimoliy aʼzo boʻlishi taʼsirini baholash mavzusidagi soʻrov natijalari.

Yaqinda prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fuqarolar oʻrtasida “Oʻzbekistonning YEOII va JSTga ehtimoliy aʼzo boʻlishi taʼsirini baholash” boʻyicha anonim soʻrov oʻtkazgan edi.

Unda Oʻzbekiston aholisining 74% YEOIIga qoʻshilish tarafdori, hamda 78 % aholi Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlagan.

Tadqiqotchilar, olimlar, davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, oʻqituvchi va talabalar qatnashgan soʻrovnoma ishtirokchilariga taqdim etilgan soʻrovnoma 10 savoldan iborat boʻlib, u xorij tajribasi boʻyicha ishlab chiqildi. Soʻrovnomada barcha hududlardan 1300 dan ortiq ishtirokchi faol va aniq javoblari bilan qatnashdi.

Tadqiqot Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari respondentlari YEOIIga qoʻshilishni eng koʻp (90 foizdan ortiq) qoʻllab-quvvatlashini koʻrsatdi.

Integratsion birlashmaga qoʻshilishga qarshi boʻlganlarning ulushi Andijon viloyatida 32 foiz, Toshkent shahrida 26 foiz, Fargʻona viloyatida esa 21 foizni tashkil etdi.

Soʻrov natijalari bilan batafsil infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala