Jamiyat

Erondan Oʻzbekistonga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi – Oʻzgidromet prognozi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdna iz ulits Tashkenta
Odna iz ulits Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Harorat oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori boʻlib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin boʻladi.

TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Bugun Eron hududidan Oʻzbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi, deb xabar qildi Oʻzgidromet.

Tashkentskiye dorogi zalilo fevralskim livnem - video - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Toshkentda kuchli yomgʻir yogʻdi – video

Xabarda aytilishicha, respublika boʻyicha havoning ochiq boʻlishi kutilmoqda.

Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha koʻtariladi. Respublikaning shimoliy, choʻl zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, yaʼni 33-35 darajani tashkil etadi.

23-24 may kunlari Oʻrta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining koʻtarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va choʻl zonalarida esa 38-40 darajagacha koʻtariladi.

Bunday harorat oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori boʻlib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin boʻladi.

Respublikaning shimoli va choʻl zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.

Yangiliklar lentasi
0