Jamiyat

Oʻrik foydasi va zarari haqida – parhezshunos maslahati

Moskva sogʻliqni saqlash departamenti bosh parhezshunos-shifokori Antonina Starodubova oʻrik foydali va zararli tomonlari haqida oʻz fikrlarini aytdi.

TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Oʻrikni meʼyoridan ortiq daraja isteʼmol qilish nafaqat ovqat hazm qilish muammolariga, balki allergik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin.

Gamburger - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Barvaqt qarishga olib keluvchi mahsulotlar - olimlar tadqiqoti

Bu haqda Moskva sogʻliqni saqlash departamenti shtatdan tashqari bosh parhezshunos-shifokori Antonina Starodubova oʻz fikrlarini bildirdi.

Mutaxassis taʼkidlashicha, odamda ichakdagi achish (fermentatsiya) jarayonlarining rivojlanishi tufayli oshqozon-ichak trakti bilan bogʻliq muammolar boʻlishi mumkin.

Oʻrik tarkibida A, V, V1,S, YE vitaminlari, beta-karotin, shuningdek asab va yurak qon tomir tizimi uchun zarur boʻlgan - magniy, fosfor, yod, temir va kaliy moddalari mavjud boʻlib, ular immunitetni mustahkamlash, infektsion kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Oziqa tolalarining yuqori miqdorda boʻlishi xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatiga ijobiy taʼsir qiladi.

Ammo, barcha foydali xususiyatiga qaramay, sogʻlom odam kuniga 250-300 grammdan ortiq boʻlmagan miqdorda oʻrik isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, oʻrik danagini yeyish kerak emas – ularda amigdalin moddasi mavjud. Shifokorning soʻzlariga koʻra, bu modda hatto kichik miqdorda ham insonga xavfli boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala