Pokistonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

© AFP 2023 / ASIF HASSANSpasateli na meste krusheniya samoleta aviakompanii Pakistanskie avaialinii v Karachi
Spasateli na meste krusheniya samoleta aviakompanii Pakistanskie avaialinii v Karachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokistonning Karachi shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra samolyot bortida 95 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Pokistonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Bu haqida RIA Novosti mahalliy Geo telekanaliga asosan xabar bermoqda. 

"PIA (Pokiston havo yo‘llari) aviakompaniyasining samolyoti Karachi shahri aeroporti yaqinida halokatga uchradi. Voqea joyida olingan videoda samolyot qulab tushgan joyda qora tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin", - deyilgan mahalliy Tvitter foydalanuvchisi xabarida. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Laxordan Karachiga PK-8303 raqamli parvoz amalga oshirayotgan samolyot bortida 97 kishi bo‘lgan, ulardan 85 nafari yo‘lovchilar va 12 nafari ekipaj a’zolari. Samolyot qo‘nishiga 1 daqiqa qolganda halokatga uchragan.

Pokiston hukumati hozircha samolyot turi va qurbonlar sonini rasman tasdiqlagani yo‘q. 

 

Yangiliklar lentasi
0