Dunyoda

Rahmon Tojikistonda kasallik koʻpayishining asosiy sababini aytdi

© Press-slujba Prezidenta Respubliki Tadjikistan Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda kasalliklar soni koʻpayishining asosiy sababini aytdi.

TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon kuni kecha sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan uchrashuvda nutq soʻzlab, mamlakatda koronavirus bilan kurashish uchun koʻrilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga toʻxtaldi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Goʻzal alvon lolalar: Emomali Rahmon oʻgʻli bilan poytaxt bogʻlarini koʻzdan kechirdi – foto

Rahmon vazirlik va idoralarga koronavirusga qarshi kurash choralarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Uning fikriga koʻra, respublika aholisining sogʻligʻiga ortiqcha vazn salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidladi.

"Ortiqcha vazn keyinchalik diabet va qon tomir kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin", - dedi Rahmon.

Prezident koronavirus bilan kasallanish kam boʻlgan hududlarda odamlar harakatchan, dalada ishlashi, ortiqcha vazndan aziyat chekmasligi, yaxshi immunitetga ega ekanligiga eʼtibor qaratish zarur, deb taʼkidladi.

Rahmon sogʻlom ovqatlanish uchun yil boʻyi meva va sabzavotlar borligini eslatdi.

Shuningdek, prezident nafaqat koronavirusga chalingan bemorlar tibbiy yordamga muhtojligi, xavf ostida boʻlganlarga ham eʼtibor berish zarurligini alohida taʼkidladi.

"Koronavirus bilan ogʻrigan bemorlardan tashqari, tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan boshqa odamlar ham borligini unutmasligimiz kerak: diabet, yurak xastaliklari bilan ogʻriganlar", - dedi davlat rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda 30 aprelda ilk koronavirus holati aniqlangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, respublikada kasallik aniqlangan bemorlar soni 2350 taga yetdi, 44 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala