Rossiya havo-kosmik kuchlari 76 dona Cu-57 qiruvchi samolyotni qabul qiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRossiyskiy mnogofunksionalniy istrebitel patogo pokoleniya Su-57
Rossiyskiy mnogofunksionalniy istrebitel patogo pokoleniya Su-57  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya keltirib chiqargan texnologik taranglikka qaramay, RF mudofaa sanoati majmuasi beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotini seriyali ishlab chiqarishga rejali o‘tmoqda.

Rossiya mudofaa xarajatlari bo‘yicha dunyoda atigi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Biroq, Rossiya mudofaa sanoati majmuasining yutuqlari hayratda qoldiradi: tarixda birinchi marta Rossiya ilg‘or qurol-yarog‘ sohasida dunyoning barcha mamlakatlarini, shu qatorda AQShni ortda qoldirdi. Va u erishganida to‘xtab qolmayapti.

Rossiyskie istrebiteli Su-27 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qiruvchi samolyoti AQSh bombardimonchisini to‘xtatib qoldi - video

Rossiya mudofaa sanoatini boshqaruvchi bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov 21-may kuni RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida shunday dedi:"Sinovlar paytida Su-57 taktik va texnik vazifalarning deyarli barcha talablarini to‘liq tasdiqladi. Harbiy-kosmik kuchlarning uchta aviapolklarini jihozlash uchun 76 dona samolyot yetkazib berish bo‘yicha davlat shartnomasi yetkazib berish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi". Eslatish joizki, qiruvchi aviapolkni jangovar qudrati jihatidan umumqo‘shin diviziya bilan solishtirish mumkin. Uchta yangi polk - bu Rossiya HKKning juda jiddiy kuchaytirilishi.

Yuriy Borisov, COVID-19 tufayli yuzaga kelgan fors-major holatlariga qaramay, beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlarining birinchi (o‘rnatuvchi) partiyasi 2020-yilda Rossiya qurolli kuchlariga topshiriladi. Seriyali yetkazib berish haqida xabar avvalroq "Rostex" davlat korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov tomonidan ham berilgan edi.

Birinchi bosqichda Rossiya HKK to‘rtinchi avlod dvigatellari bilan jihozlangan samolyotlarni oladi, beshinchi avlod dvigatellari bilan ta’minlanganlari (yoqilg‘i yuqori samaradorligi va hayot sikli arzonlashgan) 2020-yil o‘rtalarida boshlanadi. Ammo hozirgi dvigatellar ham ko‘p jihatlaridan xorijiy analoglardan ustundir.

Sinovlar davomida bir necha marotaba va turli xil rejimlarda, shu jumladan uchuvchisiz rejimda, yangi qiruvchining barcha tizimlari va dvigatellarining ishlashi tekshirildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Su-57 samolyoti Suriyadagi jangovar sharoitlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganligini bir necha bor ta’kidlagan. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas, chunki Rossiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti barcha turdagi havo, yer usti va suv usti nishonlarini samarali yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Kuchli qurol-yarog‘, dushmanlarni aniqlashning ilg‘or tizimlari, tovushdan tez kreyserlik tezligi va yuqori manevrliligi, past sezilarliligi kabi xususiyatlar uyg‘unligi Su-57 samolyotining mutlaq ustunligini ta’minlaydi. Dunyoda unga teng keladigan analoglar yo‘q.

Misli ko‘rilmagan imkoniyatlar

Uchta Su-57 aviapolki Rossiya HKKning jangovar qobiliyatlarini rivojlantirishda sifat borasida jadal qadamdir. So‘ngi qiruvchi 400 kilometrgacha masofada havo va yerdagi nishonlarni aniqlashga, 62 tagacha obyektni kuzatishga (va maqsadli nishonlarni boshqa samolyotlarga (hujum dronlariga uzatishga) qodir.

Mejdunarodniy aviatsionno-kosmicheskiy  salon MAKS-2019. Den chetvertiy - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy OAVlari F-22 va Su-57 “jangi” yetakchisini aytdi

"Suxoy"ning beshinchi avlod amerika qiruvchilaridan ustunligi quyidagilardan iborat: tovushdan yuqori kreyserlik tezlikda past sezilarlilik (bu F-35 va F-22 larda yo‘q), yuksak boshqaruv hususiyatlari, asosiy radiolokatsion stansiya, nishonlarni aniqlashning noyob optik-elektron tizimi va elektron to‘siq qo‘yish tizimi (aqlli qoplama), borti 10 tonna qurol-aslahalar (shu jumladan gipertovush raketalar) tashish imkoni. Qiruvchining barcha o‘q-dorilari ichki bo‘limlarida saqlanadi, ya’ni dushman radarlarida “ko‘rinmaydi”.

Aks beruvchi yuzaning kichik maydoni (0,4 kv.m), Su-57ga konstruksiyasining yuqori texnologiyali kompozit materiallaridan (sirtning 70% va samolyot og‘irligining 25%) foydalanganligi tufayli dushman radarlari deyarli ko‘rinmas bo‘lib qolishiga imkon beradi. Asosiy RLS (radiolokatsion stansiya) va boshqa bir qator faol va passiv radiolokatsion va optik-lokatsion stansiyalari, shuningdek Su-57-ning jangovar foydalanish va nazorati uchun yagona axborot tizimi boshqa samolyotlar, qo‘mondonlik punktlari, HKK, HDF va quruqlik kuchlarining ma’lumot almashish quyi tizimi bilan birlashtirilgan.

Ikkita turboreaktiv dvigatel Su-57ga soatiga 2600 kilometr tezlikda harakatlanishga, tepaga ko‘tarilish tezligini - daqiqasiga 21 kilometrga erishish imkonini beradi. Rossiyaning beshinchi avlod qiruvchisi tovushdan yuqori tezlikka forsajni yoqmasdan o‘ta oladi va nafaqat qisqa, o‘rta va uzoq masofali raketalar bilan hujumlarni amalga oshira oladi, balki to‘p quroli yordamida yuqori manevrli yaqin janglarni ham amalga oshirishi mumkin (uchuvchilar bu sifatni juda qadrlashadi). Dvigatel tortish vektorining uch o‘lchovli og‘ish tizimi samolyotni yuqori manevrliligini ta’minlaydi.

Rossiyskie mnogofunksionalnie istrebiteli patogo pokoleniya Su-57 vipolnyayut demonstratsionniy polet na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Su-57 qiruvchilarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib borilayotganini aytdi

Rossiya armiyasi buyurtma qilgan 76 dona Su-57 og‘ir qiruvchilarining jangovar qobiliyati, agar ular so‘nggi "Oxotnik" pilotsiz uchuvchi apparatlari bilan integratsiyalashgan holda vazifalarni bajarsalar, qanchalar kuchayishini tasavvur qilish mumkin holos. Hujumchi ko‘rinmas dronning beshinchi avlod qiruvchisi bilan hamjihatlikda ishlashi qiruvchi aviatsiyaning jangovar foydalanish sohasida katta yutug‘i bo‘lishi mumkin. Bu sohada uchuvchi va jangovar robotning samarali o‘zaro hamkorligi uchun katta imkoniyatlar ochiladi.

Su-57da uchuvchisiz rejimning ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi ma’lumot juda qiziq va juda murakkab mashinani bazadan juda katta masofada sun’iy intellekt (yoki operator) boshqarishi mumkinligini anglatadi. Bu tezlik va manevr bo‘yicha fiziologik cheklovlarni olib tashlaydi (endi jangovar taktikada ortiqcha yuklanish rol o‘ynamaydi). AQSh Rossiyada 5-avlod qiruvchi samolyotining uchuvchisiz (cheksiz) modifikatsiyasini rivojlanishini havotir bilan kuzatayotgani bejiz emas, chunki Amerikaning so‘nggi F-35 Lightning II samolyoti tovushdan tez rejimida parvozda taxminan ikki daqiqali so‘ng parchalanib ketishi mumkin - qoplamasi bardosh bermaydi.

Harbiy-siyosiy turbulentlik

Su-57 og‘ir qiruvchi samolyotining ochiqlangan xususiyatlari va imkoniyatlari bu bir aysbergning uchi holos. Havo razvedkasi va nazorati, qurolli kuchlarning boshqa hillari harakatlarini muvofiqlashtirish, masofaning keng turkumida yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari – "Suxoy"ning beshinchi avlodi bularning barchasining uddasidan chiqadi.

Poleti noveyshix istrebiteley Su-57 v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi yangi qurol bilan jihozlanadi

Biroq, harbiy ustunlik birdan-bir maqsad emas. So‘nggi aviatsion kompleksning samaradorligi Rossiya va uning ittifoqchilarining harbiy xavfsizligini ta’minlashda - tashqi tajovuzning oldini olishda katta (prinsipial) ahamiyatga ega. Aviatsion sanoatda texnologik taraqqiyotni, Rossiyaning global qurol bozorida yetakchi mavqeyini saqlab qolish ham muhimdir.

So‘nggi o‘n yilliklardagi Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Liviya, Yugoslaviyadagi harbiy mojarolar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, G‘arbning asosiy vositasi yoki "dubulg‘asi" - havoda miqdoriy va sifatli hukmronlik (hujum aviatsiyasi, qanotli raketalari, dronlar). Pentagon favqulodda yadrosiz zarba berish konsepsiyasini ishlab chiqmoqda, u Amerika qurolli kuchlariga AQShning har qanday dushmani bir necha soat ichida mag‘lubiyatga uchratadigan, mustahkam va harakatchan nishonlarga noyadroviy qurollar bilan zarba berish imkoniyati berishi kerak.

Eslatib o‘taman, AQShning o‘zi soxta bahonalar bilan 2019-yilda o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qildi, strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi bitimda aniqsizlikni keltirib chiqardi va global raketaga qarshi mudofaa tizimining zarba berish potensialini oshirdi. AQShning harbiy budjeti 2020-yilda 750 milliard dollargacha ko‘tarildi - bu raqam Rossiya mudofaa budjetidan 10 baravar ko‘p va dunyoning boshqa mamlakatlarining harbiy xarajatlari bilan taqqoslanadi.

Shu fonda qudratli Havo-kosmik kuchlar va havo hujumidan mudofaa va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini shakllantirish Rossiya uchun shartsiz davlat ustuvorligiga aylanmoqda. Moskva xavfsizlikning butun perimetri bo‘ylab harbiy tahdidlarning o‘sishiga javob qaytarishga, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini va qurollari imkoniyatlarini oshirishga, ittifoqchilar xavfsizligini mustahkamlashga majbur.

Yangiliklar lentasi
0