Jamiyat

Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi

© MinzdravDostoyno vstretili medikov okazavshix pomoщ Tadjikistanu
Dostoyno vstretili medikov okazavshix pomoщ Tadjikistanu  - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikistonda boʻlib qaytgan 8 nafar tibbiyot xodimi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. COVID-19ga qarshi kurashda Tojkistonlik hamkasabalariga yordam bergan shifokorlar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati. 

Bir necha kun oldin koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish, kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolashda katta tajriba va malakaga ega shifokorlar Tojikistonga yoʻl olgan edi. 

Oʻzbekistonlik shifokorlar guruhida anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infektsionist, virusolog kabi mutaxassislar boʻlib ular 14 kun davomida Tojikistonda shifokorlar kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va shifoxonalarda zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish tartib-qoidalari boʻyicha anjuman va master-klass mashgʻulotlari oʻtkazishdi. 

Xususan, Tojikistonda ham Oʻzbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda, aholi tomonidan koronavirus infektsiyasi boʻyicha tushgan murojaatlarni zudlik bilan koʻrib chiqish va hal etish uchun Sall-markaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi, ogʻir bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida yetuk mutaxassislardan iborat markaziy guruh tashkil etildi. Shuningdek,  Mobil kompaniyalar orqali aholini koronavirus kasalligidan himoya qilish maqsadida tizimli ravishda SMS targʻibot ishlari boshlab yuborildi.

© MinzdravDostoyno vstretili medikov okazavshix pomoщ Tadjikistanu
Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi - Sputnik Oʻzbekiston
Dostoyno vstretili medikov okazavshix pomoщ Tadjikistanu

Ana shunday sharafli vazifani munosib tarzda bajarib qaytishgan tibbiyot xodimlarini Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan tantanali kutib olindi. 

Tojikistonda boʻlib qaytgan tibbiy guruh tarkibidagi barcha, yaʼni 8 nafar tibbiyot xodimi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

© MinzdravDostoyno vstretili medikov okazavshix pomoщ Tadjikistanu
Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi - Sputnik Oʻzbekiston
Dostoyno vstretili medikov okazavshix pomoщ Tadjikistanu

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala