Migratsiya

Rossiya IIV patent asosida ishlash tartibi boʻyicha qoʻshimcha izoh berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishVыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Agar patentning amal qilish muddati 2020 yil 15 martdan 15 iyungacha boʻlgan davrda tugasa, u avtomatik ravishda 93 kunga uzaytiriladi, deyiladi Rossiya IIV xabarida

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Rossiya IIV migrantlarning patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibiga qoʻshimcha izoh berdi.

OTMENA OPLATЫ PATENTA! | Sroki deystviya, prodleniye dokumentov i kak rabotat v karantin | FMR - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiyada migrantlar uchun patent toʻlovi bekor qilindi – batafsil videoda

Koronavirus infektsiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020 yil 18 aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining qonuniy boʻlishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilgan.

Agar patentning amal qilish muddati 2020 yil 15 martdan 15 iyungacha boʻlgan davrda tugasa, u avtomatik ravishda 93 kunga uzaytiriladi.

Patentning amal qilish muddatini uzaytirish uchun hech qanday toʻlov talab qilinmaydi. Ish beruvchilarning xorijiy fuqarolardan avans toʻlovlarini toʻlashni talab qilishi asossizdir.

Patentga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar ushbu muddat davomida patent rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyatini olib borishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala