Dunyoda

Afgʻoniston prezidenti toliblarning oʻt ochishni toʻxtatish qarorini olqishladi

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Tolo News telekanali “Tolibon”* Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kunga oʻt ochishni toʻxtatishini eʼlon qilgani haqida xabar qilgan edi.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “Tolibon”* harakatining Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kun oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorini olqishladi. Tegishli bayonot davlat rahbarining Twitter sahifasiga joylangan.

Kolyuchaya provoloka po perimetru tyurmы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonda yuz nafar “Tolibon” aʼzolari qamoqdan ozod qilindi

“Men “Tolibon”ning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi qarorini olqishlayman. <...>  Bosh qoʻmondon sifatida, men Afgʻoniston Qurolli kuchlariga uch kunlik yarashuvga rioya qilishni va hujum qilingan taqdirdagina himoyalanishni buyurdim”, - deya yozgan Gʻani.

Shuningdek, u batafsil maʼlumot yakshanba kuni soʻzlaydigan nutqida eʼlon qilinishini qoʻshimcha qilgan.

Avvalroq Tolo News telekanali toliblarning bayonotiga tayangan holda ular Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kunga oʻt ochishni toʻxtatishni eʼlon qilishgani haqida xabar qilgan edi.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala