Afg‘oniston prezidenti toliblarning o‘t ochishni to‘xtatish qarorini olqishladi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Tolo News telekanali “Tolibon”* Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishini e’lon qilgani haqida xabar qilgan edi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”* harakatining Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kun o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini olqishladi. Tegishli bayonot davlat rahbarining Twitter sahifasiga joylangan.

Kolyuchaya provoloka po perimetru turmi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda yuz nafar “Tolibon” a’zolari qamoqdan ozod qilindi

“Men “Tolibon”ning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi qarorini olqishlayman. <...>  Bosh qo‘mondon sifatida, men Afg‘oniston Qurolli kuchlariga uch kunlik yarashuvga rioya qilishni va hujum qilingan taqdirdagina himoyalanishni buyurdim”, - deya yozgan G‘ani.

Shuningdek, u batafsil ma’lumot yakshanba kuni so‘zlaydigan nutqida e’lon qilinishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Tolo News telekanali toliblarning bayonotiga tayangan holda ular Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishgani haqida xabar qilgan edi.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0